Montella Turkiyaning Fransiya, Italiya va Belgiya bilan o'yinlari haqida: "Ehtimol, tariximizda ilk bor bunday sinovdan o'tarmiz"

Sherzod Nurmatov
25 sen 2026, 19:35
Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyi Vinchenco Montella Millatlar Ligasidagi ishtirokdan nimalarni kutayotgani haqida fikr bildirdi.

Turkiyaliklar Belgiya, Italiya va Fransiya bilan bir guruhdan joy olgan bo'lib, Montella shogirdlari bugun fransiyaliklarga qarshi maydonga tushadi.

"Jahon chempionatida katta muvaffaqiyatsizlikni boshdan kechirdik. Ammo o'tmishdagi omadsizlik va yutuqlarni hozirgi kunga ko'chirmasligimiz kerak.

Xulosamizga ko'ra, barcha futbolchilar yaxshi sport formasida. O'ziga bo'lgan ishonch borasida ham muammo yo'q. Raqobat juda yuqori bo'lgan sohada faoliyat yurityapmiz. Bugun ham bizni ana shunday o'yinlardan biri kutib turibdi. Ehtimol, o'z tariximizda ilk bor bunday yuqori darajada ketma-ket to'rtta uchrashuv o'tkazib, ana shunday jiddiy sinovdan o'tarmiz. Bu bizni ruhlantiradi va motivaciya beradi. Salbiy xayollar ortidan ergashmasdan, o'z ishimizni eng yaxshi tarzda qanday bajarish va mamlakatimiz nomini qanday munosib himoya qilish haqida o'ylab harakat qilishimiz shart", – dedi Montella.

Eslatib o'tamiz, Turkiya – Fransiya uchrashuvi bugun 23:45 da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: UEFA.com