

"Men Yevropaga qaytishni rejalashtiryapman, garchi bu darhol amalga oshmasligi mumkin bo'lsa ham. Bu holat mazkur mavsum oxirida bo'ladimi yoki keyingisidami, bilmayman, lekin ortga qaytishni, yana Chempionlar Ligasida to'p tepishni va u yerda qaytadan raqobatlashishni istayman.
Shunchaki "Barselona"da o'ynash meni juda baxtli qilgandi. Bu men, otam va akam uchun bolalikdagi orzu bo'lgan. Bu katta sharaf edi", – deya 26 yoshli portugaliyalik.
Feliks 2025 yilning iyul oyidan buyon "Al Nassr” safida to'p tepib kelmoqda, uning shartnomasi 2027 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan. 2025/26 yilgi mavsum u 47 ta uchrashuvda maydonga tushib, 26 ta gol urdi va 18 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Avvalroq uning faoliyatida "Milan", "Chelsi", "Barselona", "Atletiko" va "Benfika" jamoalari bo'lgan.
Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 28 million evroga baholamoqda.



