

"Bazan seyv qilasan, bazan yo'q - bu futbolning bir qismi. Bugun barcha o'z vazifasini uddaladi, ammo Niderlandiya kabi jamoaga qarshi g'alaba qozonish uchun qandaydir favqulodda nimadir ko'rsatish talab etiladi. O'ylaymanki, qanday o'yin ko'rsatganimiz bilan faxrlansak bo'ladi", – dedi 29 yoshli posbonning so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.
Serbiya terma jamoasi (2 ta o'yindan keyin 0 ochko) Millatlar Ligasi “A” divizioni 2-guruh jadvalida oxirgi o'rinni egallab turibdi. 1 oktyabr kuni jamoa safarda Germaniya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.



