

Diego Simeone jamoasi turnirning yarim final javob bahsida "Arsenal"ga imkoniyatni boy berdi (0:1, ilk o'yin – 1:1).
"Qur'a natijalarini ko'rganimda, biz "Arsenal"ga tushdik deb o'ylagandim, lekin adashgan ekanman – biz UEFAga qarshi tushdik. UEFA esa "Atletiko"ni Chempionlar Ligasi finalida ko'rishni istamasligini ochiq-oydin bildirdi.
Ispaniya va Germaniya Chempionlar Ligasiga 5 ta jamoa olib chiqish uchun kurashayotgan bir paytda, o'yinga germaniyalik hakam tayinlangani aqlga sig'maydigan holat", – dedi Martines-Almeyda.
Uchrashuv bosh hakami Daniel Zibert edi.



