

"Kvara - "Oltin to'p"ni yutishi mumkin bo'lgan yuqori saviyali o'yinchi. Xuddi shu gapni Vitinya, Fabian Ruis yoki Usmon Dembele haqida ham aytish mumkin.
Usmonning "Oltin to'p"ini eslaganimda, kelajakda bizda yana bir ushbu sovrin egasi bo'lishi mumkinligini his qilaman", – deya Enrikening so'zlarini keltiradi insayder Fabricio Romano.
Avvalroq “France Football” 2026 yilgi "Oltin to'p"ga da'vogar 30 nafar futbolchi ro'yxatini e'lon qilgandi. Undan PSJning 10 nafar a'zosi, jumladan, Kvaratsxeliya ham joy olgan.
25 yoshli gruziyalik futbolchi joriy mavsum barcha turnirlarda 5 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. 2025/26 yilgi mavsumda esa uning hisobida 48 ta bahsda 19 ta gol va 11 ta samarali to'p oshirish mavjud edi.



