Xvicha Kvaratsxeliya - Chempionlar ligasining 2025/26 yilgi mavsum eng yaxshi o'yinchisi

31 may 2026, 20:23
PSJning qanot hujumchisi Xvicha Kvaratsxeliya Chempionlar ligasi 2025/2026 mavsumining eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.

Parij klubi finalda Londonning "Arsenali" jamoasini mag'lub etib (1:1, penaltilar seriyasi 4:3) sovrinni qo'lga kiritdi. O'yin Budapeshtdagi "Pushkash Arena" stadionida bo'lib o'tdi.

Kvaratsxeliya ushbu mavsum Chempionlar ligasida 16 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 6 ta assist qayd etdi.

PSJ tarixda ketma-ket ikki mavsum Chempionlar ligasini yutgan ikkinchi klubga aylandi. Parijliklar o'tgan yilgi finalda "Inter"ni mag'lub etgan edi (5:0).

O'xshash yangiliklar


Manba: uefa.com