"Real" Kvaratsxeliya bilan muzokaralar olib bordi

6 iyun 2026, 16:16
Bir kun avval "Real" prezidenti Florentino Peres klub tarixidagi rekord transferni 150 million evroga rasmiylashtirishni rejalashtirayotgani ma'lum bo'ldi.

PSJning gruziyalik hujumchisi Xvicha Kvaratsxeliya ham shunday summaga transfer qilinishi mumkin bo'lgan futbolchilar qatorida edi.

Bugun tafsilotlar ma'lum bo'ldi. "Real" allaqachon Kvaratsxeliyani o'z safiga qo'shib olish ustida ishlamoqda va dastlabki muzokaralarni olib bordi. “Qaymoqranglilar” jamoasi hujumchi “qirollik” klubiga qo'shilishga qarshi emasligiga amin.

Asosiy qiyinchiliklar klub bilan muzokaralar paytida yuzaga kelishi mumkin. Insayderlarning takidlashicha, PSJ yetakchilardan birini qo'yib yuborishni istamaydi, shu bilan birga jamoa moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelmayapti, shuning uchun uni katta miqdordagi transferga qiziqtirib bo'lmaydi.

O'xshash yangiliklar


Manba: TEAMtalk