Antonio Kassano: "Vinisius - shunchaki yaxshi futbolchi, lekin superyulduz emas"

Aslanov Jasurbek
14 okt 2026, 16:55
"Roma"ning sobiq hujumchisi Antonio Kassano rimliklarning Chempionlar Ligasida "Real"ga qarshi bo'lajak o'yini oldidan madridliklar vingeri Vinisius haqida o'z fikrlarini bildirdi.

- Vinisius o'zining eng yaxshi sport formasidan yiroq. Bu "Roma"ga qo'l keladimi?

- Vinisius - shunchaki yaxshi futbolchi. Mening nazarimda, Rodrigo undan ancha yaxshiroq.

Nima uchun Vinisius haqida uning jamoadoshiga qaraganda ancha ko'p gapirishlariga tushunmayman. Agar Vinisius optimal jismoniy holatda bo'lmasa, unda maydonda muqobil harakat qilish variantlari yetishmaydi. Buning ustiga, u hujumlarni yakunlashda yuqori samaradorlik bilan ajralib turmaydi.

U gol uradi, lekin superyulduz emas.

Fikrimcha, agar Rodrigo sog'lom bo'lsa, asosiy tarkibda aynan u maydonga tushishi kerak. U menga ancha ko'proq yoqadi. Uning maydonga qaytishini intiqlik bilan kutyapman, - dedi Antonio Kassano.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As