Kerrik MYUning APLdagi holati haqida: "Yaxshi seriya ko'rsata olishimizga hech qanday shubham yo'q"

Sherzod Nurmatov
19 okt 2026, 17:35
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Maykl Kerrik Angliya chempionatining 7-turida "Lids" bilan durangdan (1:1) so'ng jamoaning turnir jadvalidagi holatiga baho berdi.

"Biz hammasi a'lo darajada demoqchi emasmiz, biroq bazan qiyinchiliklarni engib o'tishga to'g'ri keladi. Vaziyat unchalik yaxshi ko'rinmayotganini tushunib turibman, ammo biz yaxshi seriya ko'rsata olishimizga hech qanday shubham yo'q. Bu og'ir o'yin bo'ldi. G'alaba qozona olmaganimiz uchun unchalik xursand emasmiz, lekin agar to'g'ri ishlarni qilishda davom etsak, oxir-oqibat munosib bo'lgan natijaga erishamiz”, – dedi Kerrik.

"Manchester Yunayted" APLning 7 turida 7 ochko jamg'arib, turnir jadvalida 13-o'rinni egallab turibdi. Keyingi turda mankunianlar 25 oktyabr kuni "Bornmut"ga qarshi bahs olib borishadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Guardian