

"Dastlabki 20 daqiqada o'yinni to'liq nazorat qildik va tezda gol urdik. Balki, ikkinchi golni imkon qadar tezroq urish istagi tufayli o'yin ustidan nazoratni yo'qotdik va Kongo DR ancha xavfliroq harakat qila boshladi.
U [Roberto Martines] bizga oddiyroq o'ynashni, kamroq pas berishni va oldindagi o'yinchilarni qulay poziciyalarda tez-tez izlashni aytdi, toki ular vaziyatlarni hal qila olsin. Biz tanaffusdan keyin ham shuni bajarishga urindik, ammo DR Kongo himoyada ishonchli o'ynadi va hujumlarimizni bartaraf eta oldi.
Biz Portugaliyani namoyanda qilayotganimizni bilamiz, ammo doimo raqiblarimizni hurmat qilamiz. O'yinning borishi shunga olib keldiki, raqib hisobni tenglashtirdi. Biz so'nggi xushtakka qadar kurashishda davom etdik, ammo omad biz tomonda emasdi".
O'tkazib yuborilgan gol paytidagi jamoaviy xato haqida:
"Ertadan boshlab biz buning ustida ishlaymiz. Ishonchim komilki, keyingi o'yinda biz bunday xatoni takrorlashga yo'l qo'ya olmaymiz, chunki aynan shu xato bizga g'alaba qimmatga tushdi va durangga olib keldi.
Boshni baland ko'tarish kerak. Biz baribir bir ochko oldik va bu juda muhim. O'zbekiston bilan bahsda o'yinni uzoqroq vaqt nazorat qilishimiz, futbolchilarimiz maydonda farq ko'rsata olishi uchun sharoit yaratishimiz va uch ochkoni qo'lga kiritishimiz kerak", – dedi Leau "SIC"ga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, JCH-2026ning 2-turidan o'rin olgan Portugaliya - O'zbekiston bahsi 23 iyun kuni 22:00da boshlanadi.



