Amorim Leau haqida: "To'g'ri yondashuv bilan u dunyoning istalgan klubida o'ynay oladi. Ammo bazida ketish vaqti keladi"

27 avg 2026, 21:17
"Milan" bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoa hujumchisi Rafael Leauning kelajagi haqida fikr bildirdi.

Avvalroq portugaliyalik vingerga "Aston Villa" va "Galatasaroy" klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

"Men jamoamiz tarkibidan juda mamnunman. Agar kimnidir transfer qilsak, u nafaqat hozir, balki kelajakda ham foydali bo'lishi kerak.

Leau hozircha jismoniy jihatdan tayyor emas. U biz bilan atigi bir marta mashg'ulot o'tkazdi va “Veneciya”ga qarshi o'yinda maydonga tushmaydi.

Leau juda kuchli futbolchi. Agar to'g'ri yondashuv bilan harakat qilsa, u dunyoning istalgan klubida o'ynay oladi. Ammo bazida boshqa joyga ketish yaxshiroq bo'ladigan vaqt ham keladi.

Transfer oynasi yopilganidan keyin ham loyihaga kirmaydigan futbolchilar bo'lishi mumkin. Bu ular yomon futbolchi degani emas - aksincha, ular ajoyib futbolchilar. Lekin 27 nafar futbolchi bilan ishlash qiyin: hech kim o'yinga to'liq tayyor bo'lmaydi va hech kim o'zidan mamnun qolmaydi", - dedi Amorim.

"Milan" va "Veneciya" o'rtasidagi A Seriya 2-tur uchrashuvi 28 avgust, juma kuni "San-Siro"da bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Pazzi di Fanta