

“Ha, hozir og'ir payt. Jamoadoshlarim bilan etti yillik faoliyatimdan so'ng xayrlashdim. Ular menga ulg'ayishimga va "Milan" vakili bo'lish nimani anglatishini tushunishimga yordam berishdi, ammo "xayr" deyish vaqti keldi.
Men boshqacha xayrlashishni xohlardim - ehtimol, so'nggi marta "San-Siro"da bo'lib, o'sha yerda, maydonda xayrlashishni istardim. Men albatta klub tarixida qolaman, chunki bu yerda nimalar qilganimni bilaman.
Hayot shunday: biz o'rganamiz, xayrlashamiz, lekin, "Milan"ga bo'lgan muhabbatim hech qachon tugamaydi. Uzoqda bo'lsam ham, doim ularni kuzatib boraman. Men o'zim bilan chempionlik mavsumi haqidagi xotiralarni olib ketyapman - bu lahzalar umrimning oxirigacha yodimda qoladi.
Bazan qaror qabul qilish kerak bo'lgan paytlar keladi. "Milan" har doim "Milan" bo'lib qoladi, jamoa va murabbiy juda yuqori saviyada.
Amorim juda yaxshi va qatiyatli murabbiy. U "Milan"ga yana g'alaba qozonishga yordam berishi mumkin. Menga uning qo'yadigan futboli yoqadi.
"Milan"ga eng yaxshi tilaklarimni bildiraman. Doim yonimda bo'lgan muxlislarga rahmat. "Milan" g'alaba qozonishda davom etadi”, - dedi Leau.



