HERE WE GO! Robert Levandovski MLSga yo'l oladi

Оқил Абдубарноев
28 iyun 2026, 22:47
"Barselona" sobiq hujumchisi Robert Levandovski faoliyatini okeanortida davom ettirishga qaror qildi.

U MLS ishtirokchisi – "Chikago Feyr" jamoasi bilan to'liq kelishuvga erishdi va tez orada okean ortiga yo'l oladi.

Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi bundan ikki hafta oldin Chikago shahriga tashrif buyurib, klubning infratuzilmasi, mashg'ulot bazasi va yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishgan. Ushbu tashrif uning yakuniy qaror qabul qilishida muhim rol o'ynagan.

Levandovski va klub o'rtasidagi rasmiy bitim kelasi hafta boshida imzolanishi kutilmoqda. Forvardning maoshi kafolatlangan 15 mln evroni tashkil etadi, yana 5 mln evroni esa Levandovski sport natijalariga qarab bonuslar tariqasida qo'lga kiritishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Фабрицио Романо