

Bu haqda 33 yoshli futbolchi o'zining Instagramdagi rasmiy sahifasida ma'lum qildi.

"Milliy terma jamoa – orzu, sharaf, or-nomus, g'urur... Endi muxlis sifatida davom etamiz. Olg'a, O'zbekiston!" – deya yozib qoldirgan Eshmurodov o'z sahifasida.

Umar Eshmurodov milliy terma jamoaning Jahon chempionati uchun yakuniy qaydnomasidan joy olgan bo'lsa-da, mundial uchrashuvlarida birorta ham daqiqa maydonda ko'rinish bermadi. Terma jamoa bosh murabbiyi Fabio Kannavaro tajribali himoyachiga yashil maydonda muxlislar bilan munosib tarzda xayrlashish imkoniyatini taqdim etmadi.
"Nasaf" himoyachisi 2020 yil terma jamoa libosini kiygan va shu kunga qadar 39 o'yinda maydonga tushgan.



