LIVE. JCH. JAR - Kanada 0:1 (matnli translyatsiya)

29 iyun 2026, 00:24
JCH-2026 1/16 final doirasidagi uchrashuvning matnli translyatsiyasini ushbu sahifada kuzatishingiz mumkin.

JCH, 1/16 final

JAR - Kanada 0:1

Gollar: 90+2 - Stefen Eushtakiu

JAR: 1. Ronven Uilyams, 20. Kxuliso Mudau, 21. Ime Okon, 14. Mbekezeli Mbokazi, 6. Obri Modiba, 13. Yaya Sitxole, 4. Teboxo Mokoena, 10. Releboxile Mofokeng (5. Txalente Mbatxa, 46’), 12. Txapelo Maseko (8. Chepang Moremi, 86’), 17. Evidens Makgopa (15. Ikraam Reyners, 86’), 7. Osvin Appollis.

Zaxira: 16. Sipxo Cheyn, 22. Rikardo Goss, 2. Txabang Matuludi, 3. Kxulumani Ndamane, 18. Samukele Kabini, 19. Nkosinatxi Sibisi, 24. Olvetxu Makxanya, 26. Bredli Kross, 25. Kamogelo Sebelebele, 23. Jeyden Adams, 9. Layl Foster.

Kanada: 16. Maksim Krepo, 2. Alister Jonston, 13. Derek Kornelius, 22. Richi Lari, 15. Moyze Bombito (4. Lyuk De Fujerol, 59’), 25. Natan-Dilan Saliba (23. Niko Sigur, 59’), 7. Stefen Eushtakiu, 17. Teyjon Byukenen (19. Alfonso Devis, 75’), 10. Jonatan Devid, 11. Liam Millar (14. Jeykob Shaffelburg, 70’), 12. Tani Oluvaseyi (24. Promis Devid, 70’).

Zaxira: 1. Deyn Sent-Kler, 18. Ouen Gudman, 3. Alfi Jons, 5. Joel Uoterman, 6. Matyo Shuaner, 21. Xonatan Osorio, 20. Ali Axmed, 9. Kayl Larin, 26. Jeyden Nelson.

Ogohlantirishlar: 54 - Natan-Dilan Saliba, 67 - Niko Sigur

90+3. Buyog'iga endi JAR hujumlar sonini oshiradi.

90+2. GOL! Stefen Eushtakiu hisobni ochdi! O'ng qanotdan uzatilgan to'pni himoyachi qaytargandi, ammo Stefenning zarbasi golga aylandi!

90. O'yinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.

89. Reyners yaxshi vaziyatga chiqqandi, ammo zarba berolmadi.

85. Appollisning kuchli zarbasidan so'ng to'pni darvozabon ushlab oldi!

81. So'nggi dekada boshlandi, buyog'iga hujumlar soni ortishii aniq.

79. Kanada so'nggi daqiqalarda har tomonlama qo'shdi, hujumlar xavflilashib bormoqda.

76. Promis Devidning erlatib bergan zarbasi birozgina noaniq bo'ldi…

75. Uzoq vaqt davomida jarohati bilan kurashgan Alfonso Devis zaxiradan o'yinga qo'shildi. 

75. JARning ajoyib hujumi yakunida Mudau darvoza tomon zarba berdi, biroq aniq bo'lmadi.

🔄 70. Kanada yana ikkita o'zgarishni amalga oshirdi.

67. Futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishlari uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.

65. Kanada qarshi hujumga o'tdi, yakuniy zarbani Tani Oluvaseyi berdi va darvozabon qaytardi to'pni! 

62. Osvin Appollis uzoq masofadan yo'llagan zarbasi xavfli, ammo noaniq bo'ldi.

🔄 59. Kanada tarkibida o'zgarishlar amalga oshirildi.

55. Janubiy afrikaliklar faollashdi ayni vaqtga kelib.

50. Ikki jamoa futbolchilari o'zaro to'qnashdi, biroz to'xtalish yuzaga keldi.

🕛 46. Ikkinchi bo'limga start berildi.

🕘 45+3. Dastlabki bo'lim yakunlandi.

45+2. Penalti ehtimoli VARda ko'rildi, hammasi joyida, o'yin davom etadi!

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

45. Kanadalik futbolchi raqib jarima maydonchasi ichida yiqildi, bosh hakam o'yin qoidasi buzilmaganini qayd etdi.

gettyimages-2283746013-2048x2048.jpg

44. Dahshat!!! Ketma-ket seyvlar! Burchakdan uzatilgan to'pni Moyze Bombito bosh bilan darvozaga yo'lladi, himoyachi to'pni qaytardi, ikkinchi zarbani ham JAR futbolchilari qaytardi va so'nggi - Teyjon Byukenenning zarbasini darvozabon qaytardi!

43. Kanadaliklar bo'lim so'nggida faollashdi, biroq JAR himoyasi faol harakat qilmoqda.

37. Osvin Appollis jarima maydonchasi ichida raqibdan o'tishga urindi, biroq muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Ehtimol, JAR ijrosida xavfli vaziyat ko'rmarmidik…

35. Tani Oluvaseyining zarbasidan so'ng to'pni JAR posboni ushlab oldi!

30. Qisqa tanaffusdan so'ng uchrashuv tempi biroz pasaydi.

24. Futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishlari uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.

19. Kanadada yaxshi vaziyatga yuzaga kelishi mumkin edi, biroq yakuniy zarba aniq bo'lmadi.

11. O'n daqiqa ko'rib ulgurdik, hamon hisob ochilmadi.

5. Dastlabki daqiqalarda mezbonlar faol, shu bilan birga, afrikaliklar himoyada faol.

🕛 1. O'yin boshlandi!

Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni JCH-2026 1/16 final doirasidagi uchrashuv - JAR - Kanada bahsining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia