"Sofascore" talqiniga ko'ra JCH-2026 guruh bosqichining ramziy terma jamoasi e'lon qilindi

29 iyun 2026, 08:25
"Sofascore" statistika portali futbolchilarning o'yinlardagi o'rtacha baholari asosida 2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichi yakunlari bo'yicha ramziy terma jamoani tuzib chiqdi.

Qayd etish joizki, turnirning eng yaxshi to'purarlaridan biri (to'rtta gol) bo'lgan fransiyalik hujumchi Kilian Mbappe ushbu tarkibga kiritilmadi.

Darvozabon: Vozinya (Kabo-Verde) – 7,67.

Himoyachilar: Pau Kubarsi (Ispaniya) – 7,67, Emerik Laport (Ispaniya) – 7,93, Yan Paul van Xekke (Niderlandiya) – 7,93.

Yarim himoyachilar: Djud Bellingem (Angliya) – 7,44, Rodri (Ispaniya) – 7,90, Brunu Fernandesh (Portugaliya) – 7,97.

Hujumchilar: Usman Dembele (Fransiya) – 8,57, Vinisius Junior (Braziliya) – 8,43, Erling Xoland (Norvegiya) – 8,25, Lionel Messi (Argentina) – 9,07.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sofascore