Kazemiro: "Zamonaviy futbolchilar statistikaga ilakishib qolgan – 97 foiz aniq uzatma, lekin aynan qanaqa? Orqaga paslar"

Aslanov Jasurbek
13 may 2026, 14:18
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kazemiro yosh futbolchilar statistikaga juda katta ahamiyat berishadi, deb hisoblaydi.

"Muammo shundaki, hozirgi avlod statistikaga ilakishib qolgan. O'yin tugaydi va odamlar: "U 97 foiz aniq uzatma amalga oshirdi", deyishadi. Lekin aynan qanaqa uzatmalar? Orqaga pas, yana orqaga pas – salbiy uzatmalar. Oldinga o'ynash kerak. To'pni yo'qotasizmi yoki yo'qmi, muhimi - oldinga intilish, albatta, bazida yaxshiroq o'ynash ham talab etiladi.

Shaxsan menga Brunu Fernandesh yoqadi. Brununing doim oldinga o'ynashi menga manzur keladi. Har safar. U har safar raqiblarni "o'ldiradi". U: "Menga bo'shliq bering va men sizni mahv etaman", deydi. Bu menga yoqadi, chunki bazida ikki-uch marta to'pni yo'qotishingiz mumkin, lekin doimo oldinga qaraysiz. Menga Brunu va uning o'yini yoqadi. U har safar golli uzatmalar amalga oshiradi va doim oldinga pas beradi", - dedi Kazemiro "MYU" sobiq himoyachisi Rio Ferdinandga bergan intervyusida.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: https://www.youtube.com/watch?v=hMDT_REgb2o