Rasman: "Roma" futbolchisi erkin agent sifatida "Yuventus"ga o'tdi

17 iyul 2026, 01:29
"Yuventus" Turkiya milliy terma jamoasi himoyachisi Zeki Chelik bilan shartnoma imzolaganini ma'lum qildi.

Taniqli insayder Fabricio Romanoning xabar berishicha, 29 yoshli futbolchi erkin agent maqomida "byankoneri" safiga qo'shildi. U turinliklar bilan 3 yillik shartnoma imzoladi.

Qizig'i shundaki, Chelik avvalroq "Roma" bilan yangi bitim borasida og'zaki kelishuvga erishgan edi. Biroq "Yuventus"dan taklif kelgach, u qarorini o'zgartirib, Turinga yo'l olgan.

Futbolchining "Roma" bilan shartnomasi 1 iyul kuni yakuniga etgani sababli, transfer "Yuventus" uchun mutlaqo bepul amalga oshdi.

Zeki Chelik 2022 yildan beri "Roma" safida to'p surib kelayotgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: juventus.com