

Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Levitt rasman ma'lum qildi.
Hal qiluvchi uchrashuvda Argentina va Ispaniya terma jamoalari o'zaro bahs olib boradi. Final AQSHning Nyu-Jersi shtatidagi mashhur "Metlayf" stadionida bo'lib o'tadi.
Ma'lum qilinishicha, Tramp finaldan so'ng maydonga tushib, Jahon chempionati kubogini g'olib jamoa sardoriga shaxsan topshirishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, JCH–2026 AQSH, Kanada va Meksika hamkorligida tashkil etilgan bo'lib, musobaqa tarixida ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirok etdi. Mundial o'yinlarining katta qismiga AQSH mezbonlik qildi.



