"Inter Mayami" g'ayrioddiy qoida sababli Kazemironing tranferi uchun "Los-Andjeles Gelaksi"ga 1 million dollar to'laydi

16 iyun 2026, 14:37
Daily Mail nashrining xabar berishicha, yarim himoyachi Kazemironing "Inter Mayami"ga o'tishi MLSning g'ayrioddiy qoidalari tufayli kechikmoqda.

Gap shundaki, "Los-Andjeles Gelaksi" 34 yoshli braziliyalik futbolchiga birinchi bo'lib murojaat qilgan va shartnoma taklif etgan. Shimoliy Amerika ligasi qoidalariga ko'ra, endilikda ushbu klub futbolchi bilan shartnoma imzolash uchun birinchi raqamli da'vogarga aylanadi.

Kazemironing o'zi esa aynan "Inter Mayami"ga o'tishga qaror qildi. Endi klub braziliyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olishi uchun "Los-Andjeles Gelaksi"ga 1 million dollar miqdorida kompensaciya to'lashi kerak.

O'xshash yangiliklar


Manba: Daily Mail