

"Yagona oila sifatida kurashdik. Biz chindan ham qiyinchiliklarga chidashimizga to'g'ri keldi. Aslida to'pni nazorat qilishni istagan bo'lsak-da, ko'proq himoyalanishga majbur bo'ldik.
Serbiyaga bas kelish biz uchun oson kechmadi, ular haqiqatan ham juda yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Biroq boshqa taktik sxemaga o'tganimizdan keyin vaziyat ancha yaxshilandi.
Endilikda turli xil usullar bilan ustunlik qilishni o'rganib oldik. Shu bilan birga, bazi vaziyatlarda pastki yoki o'rta blokda himoyalanish zarurligini ham tushunib turibmiz. Futbolchilarim bilan faxrlanaman, biz vazifani yaxshi uddaladik", – dedi Xavi NOS telekanaliga bergan intervyusida.
Niderlandiya terma jamoasi safida gollarni 31-daqiqada Ten Kopmeyners va 72-daqiqada Joshua Zirkzee urdi. Serbiyaliklardan esa 35-daqiqada Mixaylo Cvetkovich to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi.
Niderlandiya 8 ochko jamg'argan holda "A" ligasining 2-guruhida peshqadamlik qilmoqda. Birorta ham ochko ololmagan Serbiya esa so'nggi, to'rtinchi o'rinni egallab turibdi.



