

Bu haqda “TEAMtalk” ma'lum qildi.
Manbaga ko'ra, klub 23 yoshli angliyalik futbolchi bilan yil oxiriga qadar yangi shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.
Yangi bitim 2031 yilgacha mo'ljallanadi va Bellingemning maoshi bir mavsum uchun 20 milliondan 30 million evrogacha ko'tarilishi mumkin. Bu holatda yarim himoyachi Kilian Mbappe va Vinisius Junior darajasida maosh ola boshlaydi.
Bellingem 2023 yilning yozidan buyon "Real" safida o'ynamoqda. U joriy mavsum barcha turnirlarda 8 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining amaldagi bitimi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.



