

Oradan sanoqli kunlar o'tib, afsonaviy hujumchi "Monumental" stadioni maydoniga so'nggi bor "albiseleste" libosida qadam qo'yadi, biroq “Goal” nashri bergan xabarga ko'ra, Beninga qarshi o'yin tashkilotchiligi borasida jiddiy etirozlar paydo bo'ldi.
Uchrashuvga bo'lgan ulkan qiziqish fonida Afrika tomoni safar va yashash sharoitlaridan norozilik bildirdi. Bu voqealar aslida avvalgi o'rtoqlik o'yinidan boshlangandi: Burkina-Faso futbolchilari Argentina tomoni taqdim etgan ekonom-klass samolyotida Buenos-Ayresga uchishdan bosh tortishgandi.
Natijada maydonga asosiy tarkib o'rniga yoshlar terma jamoasi (U-23) tushgan edi. Ularning noroziligiga safar sharoitlari va ishtirok uchun qo'shimcha haq to'lanmagani sabab bo'lgan.
Endilikda Benin ham xuddi shunday etirozlar bilan chiqdi. OAV xabarlariga ko'ra, delegaciya ekonom-klassda qariyb 23 soat vaqt o'tkazgan. Bundan tashqari, jamoa vakillari mehmonxonada qator muammolarga - qavatlardan birida issiq suv yo'qligi, sauna ishlamayotgani va mashg'ulotlar uchun sharoitlar talabga javob bermasligiga duch kelishgan.



