Jamoasi safarda yutgan murabbiy, penaltini qaytargan darvozabon, dublni rasmiylashtirgan hujumchi - Superligada 24-tur laureatlari

Sherzod Nurmatov
19 okt 2026, 19:57
Championat.asia sayti O'zbekiston Superligasi 24-turining eng yaxshilarini aniqladi.

24-turning eng yaxshi darvozaboni - Vladimir Nazarov (“Paxtakor”)

"Paxtakor" o'tgan turda "Navbahor" mehmoni bo'lib, 1:1 hisobida durang qayd etdi. Bahs davomida bir nechta seyv ko'rsatgan Nazarov, shuningdek, penaltini ham bartaraf etdi va haqli ravishda tur darvozaboni deb topildi.

darvozabon (16).png

24-turning eng yaxshi murabbiyi - Jamshid Saidov (“Qizilqum”)

"Qizilqum" bu turda Andijonda g'alabani qo'lga kiritdi (1:0). Navoiyliklarning yorqin o'yinida murabbiy Jamshid Saidovning xizmati katta bo'ldi va u turning eng yaxshi murabbiyi deya etirof etildi.

murabbiy (15).png

24-turning eng yaxshi futbolchisi - Zoran Marushich (“Neftchi”)

"Neftchi" bu tur Farg'ona derbisida "Qo'qon-1912" ustidan 4:2 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvda dublga erishgan farg'onaliklar hujumchisi Zoran Marushich haqli ravishda turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

futbolchi (15).png

24-turning eng chiroyli goli muallifi - Shahzod Akramov (“Qo'qon-1912”)

“Qo'qon-1912” himoyachisi Shahzod Akramov “Neftchi” bilan o'yinning 50-daqiqasida o'zining chap oyoqdagi kuchli zarbasi orqali darvozabonni ojiz qoldirdi. Uning bu goli turdagi eng chiroylisi sifatida qayd etildi.

gol (15).png

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia