

Bunga o'yin boshlanishi oldidan parijlik ishqibozlar tomonidan tribunada namoyish etilgan banner sabab bo'lgan.
Kataloniya klubi rahbariyati "Texasdagi arra bilan qirg'inbarot" filmidagi manyak - "Teri yuz" (Leatherface) tasvirlangan bannerni mutlaqo noo'rin deb hisobladi. PSJ muxlislari ushbu qahramonni o'z klublari libosida, qo'lida benzoarra bilan "Barselona" logotipini kesib tashlayotgan holatda va "Parijcha qirg'inbarot" yozuvi ostida tasvirlashgan edi.
Shuningdek, uchrashuvning 38-daqiqasida parijliklar vingeri Dezire Due hisobni ochdi. 55-daqiqada "Barselona" himoyachisi Xavi Espart muvozanatni tikladi. 72-daqiqada himoyachi Lukas Ernandes mezbonlarni yana oldinga olib chiqdi. 79-daqiqada mehmonlar hujumchisi Lamin Yamal hisobni tenglashtirdi. 81-daqiqada yarim himoyachi Vitinya PSJning uchinchi golini urdi. Oradan besh daqiqa o'tib, mezbonlar yarim himoyachisi Fabian Ruis yakuniy hisobni o'rnatdi.



