Transfermarkt shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga etadigan eng qimmat 10 ta futbolchini ma'lum qildi

21 okt 2026, 11:05
Futbolchilarning transfer qiymatini baholashga ixtisoslashgan Transfermarkt portali 2027 yilning yozida shartnoma muddati tugaydigan eng qimmat o'yinchilar reytingini taqdim etdi.

Ro'yxatda birinchi o'rinni "Bavariya" hujumchisi Garri Keyn egallab turibdi, uning bozor qiymati 60 million evroni tashkil etadi.

Ikkinchi pog'onadan "Brayton end Xouv Albion" yarim himoyachisi Yasin Ayari (45 mln evro) joy oldi. Kuchli uchlikni "Manchester Yunayted" himoyachisi Lisandro Martines (45 mln evro) yakunlab bermoqda.

Top-10 ro'yxati quyidagicha ko'rinish olgan:

1. Garri Keyn ("Bavariya", 60 mln evro).

2. Yasin Ayari ("Brayton", 45 mln evro).

3. Lisandro Martines ("Manchester Yunayted", 45 mln evro).

4. Braim Dias ("Real", 35 mln evro).

5. Kristian Pulishich ("Milan", 35 mln evro).

6. Brunu Fernandesh ("Manchester Yunayted", 35 mln evro).

7. Jan-Filipp Mateta ("Kristal Pelas", 30 mln evro).

8. Joau Feliks ("Al-Nasr", 28 mln evro).

9. Kelvin Beyssi ("Fulxem", 28 mln evro).

10. Kris Richards ("Kristal Pelas", 28 mln evro).

O'xshash yangiliklar


Manba: transfermarkt ru