

Ispaniya oxirgi marta rasmiy o'yinning asosiy vaqtida 2023 yilning mart oyida mag'lubiyatga uchragan edi. Evro-2024 saralash bosqichi A guruhining 2-turida Luis de la Fuente shogirdlari Shotlandiyaga imkoniyatni boy berishgan (0:2).
Shu tariqa, ispaniyaliklar qatorasiga mag'lubiyatsiz o'tkazilgan rasmiy o'yinlar soni bo'yicha o'tgan yozda JCH finalida o'zlari o'rnatgan rekordni (38 ta o'yin) yana bir bor yangiladilar. Bungacha rekord Italiya terma jamoasiga tegishli edi. 2018 yilning sentyabridan 2021 yilning oktyabrigacha bo'lgan davrda italiyaliklar biror marta ham mag'lub bo'lmay, 37 ta uchrashuv o'tkazishgan.
Qayd etish joizki, de la Fuente Ispaniya terma jamoasi boshqaruvida 51 ta o'yin o'tkazib, shulardan 41 tasida g'alaba qozondi, etti marta durang o'ynadi va uch bor mag'lubiyatga uchradi: yuqorida tilga olingan Shotlandiya bilan o'yin, 2024 yilda Kolumbiya bilan o'rtoqlik uchrashuvi (0:1) va UEFA Millatlar ligasi - 2025 finalida Portugaliyaga qarshi bahs (2:2, penaltilar bo'yicha 3:5).



