Ispaniya terma jamoasida jarohat olgan Porro o'rniga boshqa futbolchi chaqirildi

Sherzod Nurmatov
21 sen 2026, 18:39
"Tottenxem" va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Pedro Porro jarohat sabab safdan chiqdi - u milliy terma jamoaning Millatlar Ligasidagi bo'lajak o'yinlarida ishtirok etmaydi, deb xabar berdi Ispaniya qirolligi futbol federatsiyasi.

27 yoshli himoyachi "Tottenxem"ning "Aston Villa"ga qarshi uchrashuvida (2:3) jarohat olgan. Futbolchini allaqachon 19-daqiqadayoq almashtirishga to'g'ri keldi.

Yo'qotish o'rnini to'ldirish maqsadida Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente qaydnomaga 21 yoshli Ivan Fresnedani - "Sporting" himoyachisi va Ispaniya yoshlar terma jamoasi futbolchisini kiritdi. Fresneda tarkibdagi yagona nominal o'ng qanot himoyachisiga aylanadi; zarur bo'lganda ushbu poziciyani Mark Pubil va Erik Garsiya ham yopa oladi. Fresneda hisobida U-21 terma jamoasi safida 4 ta o'yin mavjud bo'lib, ularda 1 ta gol va 1 ta samarali uzatma qayd etgan.

Millatlar ligasi guruh bosqichi doirasida ispaniyaliklar Angliya, Xorvatiya va Chexiya jamoalariga qarshi maydonga tushishadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: rfef.es