

"Har xil vaziyat bo'ladi, kelishda biroz fors-major holatiga duch keldik. Birinchi kun tiklanish mashg'ulotlari olib borildi", - deydi Eldor Shomurodov.
- Forslarga qarshi o'yin haqida...
- Eron bilan o'yin yaxshi o'tdi, g'alabadan keyin kayfiyat yuqori. Stadionda ajoyib muhit yaratgan muxlislarga rahmat. Hisob har doim turlicha ko'rinish oladi, muhimi g'alaba. Hisobni farqi yo'q.
- Yangi taktikaga o'tishda qiyinchilik bo'lmayaptimi?
- 4-3-3 sxemasiga o'tishda muammo yo'q. Bizda yaxshi darajadagi aqlli futbolchilar bor. Eronni yutishning siri oxirgi yillarda ko'p to'qnash kelayotganimizda. Qolaversa, bizda ham yaxshi yosh futbolchilar yetishib chiqmoqda. Terma jamoamiz o'syapti.
- Terma jamoaga jalb qilingan yosh futbolchilar haqida...
- Yaxshi qarshi oldik, ular ham mashg'ulotlarda o'zini ko'rsatmoqda. Murabbiy ularni shunchaki chaqirmagan.
- "Oltin to'p" uchun qaysi futbolchilar munosib?
- To'g'risi, bilmadim.
- Osiyo Kubogiga qadar jamoani shakllantirib olish uchun vaqt etarlimi?
- Yaxshi jamoa shakllantirish uchun vaqt doim kamlik qiladi. Eng yaxshi tayyorgarlik bilan borishga harakat qilamiz.
- Har o'yinda gol urishingiz omadmi yoki mehnat mahsulimi?
- Omad mehnat qilganlarga kulib boqadi.



