

- Gap shundaki, men futbolni yaxshi ko'raman. Men pul uchun emas, futbolni sevganim uchun o'ynayman. Gollar yoki assistlarga berilib ketadigan futbolchilar o'yindan zavq olishmaydi.
Men shunchaki zavq uchun o'ynayman: raqibni aldab o'tish, bir yoki ikki teginishda o'ynash, anchadan beri gol urmagan jamoadoshimga gol urishga yordam berish uchun. Muxlislarning baxti uchun. "Ole" sadolarini eshitish uchun. Men aynan shuning uchun o'ynayman.
Uyga kelib: "Vaqtni naqadar ajoyib o'tkazdim", deyman. Agar har bir futbolchi o'yinga shunday munosabatda bo'lganida, barchamiz undan ancha ko'proq zavq olgan bo'lardik, - dedi Yamal.



