41 yoshli Modrichning goli Xorvatiyaga Chexiyani mag'lub etishga yordam berdi

27 sen 2026, 02:01
UEFA Millatlar ligasi (A liga) 1-turi doirasidagi Chexiya va Xorvatiya terma jamoalari o'rtasidagi o'yin yakunlandi.

Jamoalar Chexiyaning Praga shahridagi "Fortuna Arena" stadionida to'p surishdi. Uchrashuvda bosh hakam sifatida italiyalik Simone Sodza ishladi. Uchrashuvda 2:1 hisobida mehmonlar g'alaba qozonishdi.

47-daqiqada Xorvatiya terma jamoasining 41 yoshli yarim himoyachisi Luka Modrich hisobni ochdi. Futbolchi milliy terma jamoadagi 203-o'yinida gol urishga erishdi. 54-daqiqada chexlar yarim himoyachisi Adam Karabec muvozanatni tikladi. 77-daqiqada xavbek Marko Pashalich Xorvatiyaning ikkinchi golini urdi. 79-daqiqada chexiyalik yarim himoyachi Matey Radostaning goli VAR qaroriga ko'ra ofsayd sababli bekor qilindi.

Millatlar ligasi A ligasi 3-guruhining qolgan ikki jamoasi - Ispaniya va Angliya. Guruhdagi 2-tur o'yinlari seshanba, 29 sentyabr kuni bo'lib o'tadi. Chexiya Angliyani qabul qiladi, Xorvatiya esa safarda Ispaniyaga qarshi o'ynaydi.

Chexiya - Xorvatiya 1:2

Gollar: Karabec 54 - Modrich 47, Pashalich 77.

Chexiya: 16. Gornichek, 5. Coufal, 4. Granach, 6. Xaloupek, 20. Slama, 8. Sadilek, 12. Cherv, 13. Ambros, 15. Shulc, 9. Karabec, 10. Glojek.

Xorvatiya: 1. Livakovich, 2. Stanishich, 5. Vushkovich, 4. Gvardiol, 14. Perishich, 10. Modrich, 8. Kovachich, 21. L. Suchich, 17. P. Suchich, 16. Ivanovich, 20. Matanovich.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia