

- Bir yil oldin siz 18 yoshingizda "Oltin to'p" uchun ovoz berishda ikkinchi o'rinni egalladilingiz va bu yosh bo'yicha yangi rekordga aylandi. O'sha oqshom qanday o'tdi?
- O'sha oqshom o'zgacha edi. 18 yoshida g'alaba qozonish imkoniyati borligini o'ylab "Oltin to'p"ni topshirish marosimiga boradiganlar ko'p emas. Bu mening ikkinchi marosimim edi va Usmanni [Dembele] ortda qoldirish imkoniyati bilan u yerda bo'lishning o'zi men uchun orzu edi. Yakunda Usman g'alaba qozondi, ammo men buni to'g'ri qabul qildim. U bunga loyiq edi, Chempionlar ligasida g'alaba qozonib, aql bovar qilmaydigan mavsum o'tkazdi, men u uchun xursandman. Men esa ikkinchi marta Kopa kubogini (France Football tomonidan eng yaxshi yosh futbolchiga beriladigan sovrin) qo'lga kiritdim.
- Bu ko'proq hafsalaning pir bo'lishimi yoki rivojlanishingizdagi mantiqiy qadammi?
- Men buni yutuq deb hisoblayman. Men 18 yoshimda ikkinchi o'rinni egalladim. Bu menga o'zimni engib o'tishimga ham yordam beradi. Men doim g'alaba qozonishni xohlayman va birinchi o'rinni egallamaganim keyingi yili birinchi bo'lish uchun bor kuchimni berishga undaydi, keyingi yili ham shunday, keyin yana... Men buni hech qachon hafsalaning pir bo'lishi deb qabul qilmaganman.
- Sizningcha, nima torozi pallasini Dembele foydasiga og'dirdi?
- Ikkimiz ham Chempionlar ligasida o'ynadik, yarim finalgacha yetib bordik va u musobaqada g'olib chiqdi... Tajriba ham muhim ahamiyatga ega. Men atigi ikkita "Oltin to'p" marosimida bo'lganman, uni shunchalar tez yutish qiyin bo'lardi. Ammo takidlashni istardimki, Usman ajoyib mavsum o'tkazdi", - dedi Yamal.



