Islombek Ismoilov tarixga kirdi

Khoja
16 mar 2026
Kecha Islombek Ismoilov boshchiligidagi "Neftchi" jamoasi O'zbekiston Superkubogida g'alaba qozondi.

Shu tariqa, murabbiy ushbu sovringa ega chiqqan eng yosh murabbiy bo'ldi. Murabbiy ayni vaqtda 33 yoshda. 

Unga qadar O'zbekiston kubogida g'alaba qozongan eng yosh murabbiy Mirjalol Qosimov bo'lgan. Mirjalol Qosimov 2014 yilda "Bunyodkor" bilan O'zbekiston Superkubogini qo'lga kiritganda 43 yosh bo'lgan.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia