

Islom Ahmedov: “Ikki mag'lubiyatdan so'ng yutmasak bo'lmas edi. Bahs oson kechmasligini bilar edik. “Mashal” ikkinchi davrada tajribali mutaxassis bilan yaxshi o'ynayotgan edi. Yigitlar boshida biroz bo'shashishdi, ammo g'alabaga erisha oldik. Ularga rahmat aytaman”.
- Jamoangiz o'yinidan qoniqdingizmi?
- Futbolchilarning potencialini hisobga olib gapiradigan bo'lsam, yo'q, qoniqmadim. Natijadan mamnunman, ammo o'yinimiz ustida ishlashimiz kerak.
- Raqib turnir jadvalida oxirgi o'rinda ekanligi ta’sir qildi deb o'ylaysizmi?
- Ha, bu narsa ozgina bo'lsada ta’sir qilishi mumkin. Lekin hozir “Mashal” yaxshi o'yin ko'rsatmoqda.
- Ikkinchi bo'limdagi o'zgarishlar vaziyatdan kelib chiqib amalga oshirildimi yoki bu bahsdan avvalgi rejamidi?
- Dragan Cheran 3-4 ta o'yindan beri ikkinchi bo'limda maydonga tushyapti. U o'z tajribasi bilan shoshmasdan hujum tashkil etishga yordam beradi. Birinchi bo'limda maydonda shunday futbolchimiz yo'q edi. Shoshqaloqlik bo'ldi. Dragan maydonga tushganidan so'ng o'z mahorati bilan kerakli paslarni berdi.
- Nega bugun “Andijon” muxlislari (ultras) ko'rinish berishmadi?
- Ularga o'rganib qolgan edik. Oxirgi bahslarda g'alaba qozona olmaganimizdan xafa bo'lishgandir. Zafarlarimiz bilan ularni qaytarishga umid qilamiz.



