Mirjalol Qosimov: "Oxirgi bahslarda ko'plab vaziyatlar yaratib, negadir ularni golga aylantira olmayapmiz"

Administrator
19 avg 2026, 23:02
OKMK - "Dinamo" bahsidan (0:1) so'ng olmaliqliklar ustozi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Mirjalol Qosimov: “Muxlislarbop bahs bo'ldi, zerikib qolishmadi. Ochiq o'yin ko'rdik. Futbolda vaziyat yaratish emas, gol urish muhim. Ikkinchi bo'limda yaratgan vaziyatlarimiz mavsum oxirigacha etardi. Imkoniyatlarda foydalanish kerak edi. Oxirgi bahslarda ko'plab vaziyatlar yaratib, negadir ularni golga aylantira olmayapmiz.

- OKMKning ketma-ket 3 ta mag'lubiyati jamoaning ruhiyatiga qanchalik ta’sir qilishi mumkin?
- Hammamiz insonmiz, kimgadir ta’sir qilishi mumkin. Lekin bunga yo'l qo'yilmaydi. Xatolardan to'g'ri xulosa chiqarib, olg'a qadam tashlashda davom etishimiz kerak. Hech kim chetdan kelib sizga yordam bermaydi. O'zimiz shu vaziyatga tushdikmi, o'zimiz to'g'ri yo'lga tushib olishimiz kerak.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia