

"Nodirxon Nematxonovga "Qizilqum"dan yaxshi taklif tushdi, bizda raqobat yuqoriligi sababli futbolchi tavakkal qilmasdan, ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish maqsadida boshqa variantni tanladi", dedi "burgutlar" ustozi.
Eslatib o'tamiz, Nodirxon Nematxonov iyul oyi oxirida "Surxon"ni tark etib, "Andijon" bilan shartnoma imzoladi. Oradan bir necha kun o'tgach esa vodiyliklar bilan bitimni bekor qilib, "Qizilqum"ga yo'l oldi.



