Garri Keynga "Oltin butsa" topshirildi

Aslanov Jasurbek
19 avg 2026, 21:34
Myunxenning "Bavariya" klubi hujumchisi Garri Keyn 2025/2026 yilgi mavsum uchun "Oltin butsa" mukofotini qabul qilib oldi.

Ushbu futbol mukofoti har yili Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqiga (UEFA) kiruvchi mamlakatlar milliy chempionatlarining eng yaxshi to'purariga topshiriladi. O'tgan mavsumda myunxenliklar klubi hujumchisi Germaniya Bundesligasida 36 ta gol urdi.

Sovrin topshirish marosimi "Bavariya"ning klub muzeyida bo'lib o'tdi. Marosim mehmonlaridan biri myunxenliklar jamoasining sobiq hujumchisi Luka Toni bo'ldi.

Angliyalik futbolchi ushbu mukofotni ikkinchi bor qo'lga kiritdi. Avvalroq Keyn 2023/2024 yilgi mavsum uchun "Oltin butsa"ni olgan edi.

O'tgan mavsumda "Bavariya" Germaniya chempioniga aylandi. Jamoa 34 ta o'yinda 89 ochko to'pladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA