

Vadim Abramov: “Uchrashuv yomon o'tmadi. Ikkala jamoa ham g'alabaga rosa harakat qildi. Muxlislar uchun quvnoq bahs bo'lgandir, amm murabbiylar uchun og'ir. Yutqizishimiz ham mumkin edi. Golda omadimiz keldi. Keyin yaxshi vaziyatdan foydalana olmadik. Oxirigacha kurashib, g'alabani ushlab qoldik. Darvozamizni anchadan beri “quruq” saqlay olmayotgan edik. Yigitlarga rahmat”.
- Fikrlaringizga qo'shilaman, muxlislarbop o'yin bo'ldi. Vaziyatlar bo'yicha hisob 10:10 bo'lishi kerak edi. Mayli kamtarroq bo'laman, bugun urilishi kerak bo'lgan 10 ta goldan bor-yo'g'i 1 tasi urildi. Sabab nimada?
- Maydon holati halal berdi. Yigitlardan so'raganimda to'p sakrab ketganini aytishdi, bu bahona bo'lishi mumkin. Maydon sifati katta ahamiyatga ega. Olmaliqdagi maydon bunday holatda bo'ladi deb o'ylamagandim.
- “Dinamo” 14 yildan beri Olmaliqda g'alaba qozona olmayotgan edi. Bu siz uchun qanchalik ahamiyatga ega?
- Har qanday g'alaba yoqimli. Bu haqida bilmagan edim. 3 yildan beri jamoadan. Ungacha yutmaganmizmi? Mayli shunday bo'laqolsin.
- OKMKni Olmaliqda mag'lub etishni hamma ham uddalay olmaydi. Bu faqat xohish bilan erishiladigan muvaffaqiyat emas. Alohida tayyorgarlik ham bo'ldimi?
- Har qanday raqibni o'rganamiz va qarshi jamoa sizga imkoniyat berishiga bog'liq. OKMK yaxshi o'ynadi va gol urishi ham mumkin edi. Bahs birinch golgacha edi. Omadimiz kelib, biz gol urdik.
- O'rozovning “Rubin”ga ketishi muxlislarni xafa qildi. Uning o'rnida harakat qilayotgan Shtefan yaxshi o'ynayapti…
- U Moldaviya terma jamoasi futbolchisi. Nega endi u yomon harakat qilishi kerak. O'rozov o'rnini bosadigan futbolchi qidirgadik. Bugun O'rozov “Spartak” jamoasiga qarshi maydonga tushib, bizni xursand qiladi degan umiddamiz.
- Jamoadagi yoshlarning o'yiniga qanday baho berasiz?
- Yoshlarda xohish katta bo'ladi. Ular bilan ishlash osonroq, yoshlar aytilgan vazifani bajardi. To'g'ri mahorat yetishmasligi mumkin, biroq xohish ko'p. Ularning kuchli va kuchsiz tomonlarini bilamiz. Kattalar yoshlarsiz o'ynashi qiyin, kimdir yugurishi kerak-ku.
- 5 kundan keyin “Paxtakor”ga qarshi o'yin bor. Jarohatlanganlar esa etarlicha. Rejalaringiz qanday?
- Tiklanish kerak. Hozir hammada shunday. Ammo yoshlarda imkoniyat paydo bo'lyapti.



