

Sermahsul kechgan bahsda shveytsariyaliklar 4:1 hisobidagi ishonchli g'alabani qo'lga kiritishdi.
28-daqiqada Bril Embolo penaltidan unumli foydalanib, uchrashuvda hisobni ochdi. Oradan besh daqiqa o'tgach, Dan Ndoye jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi. Birinchi bo'limga qo'shilgan daqiqalarda Granit Jaka yana bir 11 metrlik jarima zarbasini aniq amalga oshirdi va tanaffusga jamoalar yirik 3:0 hisobida yo'l olishdi.
Ikkinchi bo'limning 52-daqiqasida Iordaniya vakili Odeh Faxuri javob to'pini kiritishga muvaffaq bo'ldi. 79-daqiqada Kristian Fassnaxt raqib darvozasini to'rtinchi bor ishg'ol qilib, o'yindagi yakuniy hisobni o'rnatdi.
O'yinning so'nggi qismida yuzaga kelgan noqulay ob-havo va kuchli yog'ingarchilik tufayli bosh hakam bahsni 87-daqiqada to'xtatishga hamda muddatidan oldin yakunlashga qaror qildi.



