Tuxel JCH-2026 finaliga chiqmaguncha Angliya madhiyasini kuylamasligini aytdi

Aslanov Jasurbek
17 iyun 2026, 16:45
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel Jahon chempionati o'yinlari oldidan milliy madhiyani kuylashni rejalashtirmayotganini ma'lum qildi.

Uning so'zlariga ko'ra, u buni faqat jamoa finalga chiqqan taqdirdagina amalga oshiradi.

"Hozircha yo'q, nazarimda, biz hali bu darajaga yetmadik. Balki, eng so'ngida bo'lishi mumkin. Men hali biroz uyalaman. Hech kimni xafa qilishni istamayman va hozirda bunga alohida e'tibor qaratilishini xohlamasdim", - deb Tuxelning so'zlarini keltiradi The Telegraph.

Germaniyalik mutaxassis Angliya terma jamoasini 2025 yilda boshqargan. 2026 yilgi Jahon chempionatida inglizlar Xorvatiya, Gana va Panama terma jamoalari bilan birga L guruhida ishtirok etmoqda. Tomas Tuxel shogirdlari turnirdagi dastlabki uchrashuvini 17 iyun kuni Xorvatiyaga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph