

Avvalroq Iordaniya qiroli Husaynning uchinchi o'g'li FIFAni Infantino nomzodini qo'llab-quvvatlash maqsadida “shantaj” qilishda ayblagan edi.
"FIFA mamuriyatiga bugun ertalab Qatarda dekabr oyida o'tkazilgan Arab davlatlari kubogi finaliga Iordaniya terma jamoasi chiqqani uchun futbolchilar va murabbiylar shtabiga tegishli mablag'larni to'satdan to'lab bergani uchun rahmat aytamiz. Bu mablag'lar 8 oy oldin olinishi kerak edi. Garchi bu futbolchilarimiz uchun yaxshi voqea bo'lsa-da, u biz - futbol olami FIFA rahbariyati borasida his qilayotgan jiddiy xavotirlarni va futbol assotsiatsiyalarimiz o'tmishda duch kelgan muammolarni o'zgartirmaydi. Bu barchamiz duch keladigan va odatda FIFAdagi prezidentlik saylovlari bilan bog'liq qiyinchiliklarning belgisidir. Va bu mening FIFA rahbariyatiga nisbatan aniq poziciyamni o'zgartirmaydi: mening futbol assotsiatsiyam va shaxsan o'zim prezident Infantinoni qo'llab-quvvatlamaymiz va unga ovoz bermaymiz", – deb yozdi Ali bin al-Husayn o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.


