

Superliga
16-tur
“Paxtakor” – “Buxoro” 1:0
Toshkent. “Paxtakor” stadioni. 20:00
Bosh hakam: G'ayrat Jo'raev
Yordamchi hakamlar: Rasuljon Fozilov, Maksim Nexochin
Zaxira hakami: Shohinur Boymatov
VAR: Jasur Muxtorov
AVAR: Timur Gaynullin
Nazoratchi: Bobur Haydarov
Komissar: Qudrat Madraimov
Gol: 1:0 – 17, Dilshod Saitov
“Paxtakor”: 35.Sanjar Quvvatov, 4.Zaid Tahsin, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 8.Dilshod Saitov, 10.Akmal Mozgovoy, 17.Dostonbek Hamdamov, 21.Bashar Resan, 23.Abdurauf Bo'riev, 27.Sardor Sobirxo'jaev, 34.Sherzod Nasrullaev, 90.Stefan Chinedu.
Zaxira: 12.Vladimir Nazarov, 9.Ibrohim Ibragimov, 11.Hojimat Erkinov, 14.Rustam Turdimurodov, 20.Dilshod Abdullaev, 29.Ayman Hussayn, 44.Diyor Ermanov, 50.Flamarion, 77.Oybek Bozorov.
"Buxoro": 12.Umidjon Hamroev, 6.Ravshan Xayrullaev, 7.Xurshidbek Muxtorov, 10.Shahzodbek Ubaydullaev, 11.Timur Mamasidiqov, 17.Javohir Ro'ziev, 25.Sherzod Esanov, 27.Muhammad Yuldashev, 30.Boyan Mladovich, 42.Kirill Todorov, 78.Vladimir Rodich.
Zaxira: 1.Shirinboy Abdullaev, 5.Sardor Qulmatov, 8.Anvarjon Jo'raev, 9.Nika Kacharava, 14.Islombek Baratov, 22.Asadbek Jo'raboev, 77.Asilbek Qayyumov, 88.Dominik Begich, 97.Shahboz Jo'rabekov.
⚽ 17’ – GOL! "Paxtakor" hisobni ochdi! Chap qanotdan jarima maydonchasiga oshirilgan to'pni Boyan Mladovich bosh bilan qaytarib yubordi. Jarima maydonchasining o'ng tomonida turgan Dilshod Saitov qaytgan to'pga to'xtatmasdan zarba yo'llab, uni darvozaning uzoq burchagiga aniq joyladi – 1:0.
15’ – Akmal Mozgovoy olis masofadan kuchli bo'lmagan zarba yo'lladi. "Buxoro" darvozaboni Umidjon Hamroev to'pni qiyinchiliksiz egallab oldi.
11’ – "Paxtakor"dan xavfli vaziyat! Sherzod Nasrullaev chap qanotdan jarima maydonchasi ichiga to'pni oshirib berdi, ammo Dostonbek Hamdamov zarba berishda to'pga oyog'ini aniq qo'ya olmadi.
8’ – "Buxoro"ning hujumi paytida jamoa a'zosi Timur Mamasidiqovni oldinga boshlab berdi, ammo futbolchi to'pga eta olmadi. "Paxtakor" darvozaboni Sanjar Quvvatov o'z vaqtida oldinga chiqib, to'pni egallab oldi.
3’ – "Paxtakor" jarima zarbasi tepish huquqiga ega bo'ldi. Bashar Resanning jarima maydonchasi ichiga oshirgan to'piga Zaid Tahsin tashlandi, ammo uning oyog'i to'pga etmay qoldi. Xavfli vaziyatda to'p hech kimga tegmasdan darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.
⏱️ 1’ – Uchrashuvga star berildi. O'yinni "Paxtakor" futbolchilari maydon markazidan boshlab berishdi.
🏟️ Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Paxtakor" jamoasi to'q binafsharang, "Buxoro" esa oq rangli liboslarda harakat qiladi.



