"Xatolar boshqa takrorlanmaydi". FIFA JCH huquqlarini sotish bo'yicha bayonot bilan chiqdi

6 avg 2026, 08:25
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) jahon chempionati huquqlarining bir qismini sotish rejalari uchun kechirim so'rab rasmiy bayonot e'lon qildi.

"Biz ushbu xatolar uchun chin dildan kechirim so'raymiz va ular boshqa takrorlanmasligiga vada beramiz. Biz zarur tekshiruvni o'tkazamiz va hisobot FIFA Kengashiga keyingi rejalashtirilgan yig'ilishda taqdim etiladi.

Qolaversa, ma'lum bo'lishicha, FIFAga a'zo assotsiatsiyalar va FIFA Kengashi tomonidan tasdiqlanishi kerak bo'lgan bu taklif hozirda ko'rib chiqilmayapti. Loyiha yopilishi munosabati bilan FIFA endilikda o'zining halolligi, to'g'ri boshqaruv principlari va belgilangan proceduralarga rioya etilishiga bo'lgan har qanday hujumlarga toqat qilmaydi va o'z nomi hamda obro'sini himoya qilish va saqlab qolish uchun barcha zarur choralarni ko'radi.

Har doim o'rganadigan narsa topiladi va biz ushbu tajriba asosida jarayonlarimizni takomillashtirishni davom ettiramiz. Biroq, bu holatda takidlash joizki, yo'l qo'yilgan xatolarga qaramay, qilingan sidqidildan bajarilgan ishlar FIFAning meyoriy-huquqiy bazasiga to'liq mos ravishda amalga oshirildi.

Biz siz bilan birgalikda FIFAga a'zo 211 ta assotsiatsiya, konfederatsiya va mintaqaviy birlashmalar manfaatlari yo'lida FIFA Forward dasturi doirasida futbolni rivojlantirishni yanada qo'llab-quvvatlash imkoniyatlarini faol o'rganamiz.

Biz ushbu masala bo'yicha sizda paydo bo'lishi mumkin bo'lgan har qanday savollarga javob berishga to'liq tayyormiz va yaqin orada siz bilan ko'rishishni intiqlik bilan kutamiz", – deyiladi FIFA Kengashi a'zolariga tashkilot prezidenti Djanni Infantino va bosh kotib Mattias Grafstrem tomonidan imzolangan xatda.

Eslatib o'tamiz, o'tgan haftada FIFAning turnir huquqlarini sotish bo'yicha yangi tijorat tuzilmasi - FIFA Forward Enterprise (FFE) tashkil etish rejalari haqida ma'lum bo'lgan edi. Keyinchalik Infantino futbol konfederatsiyalari tomonidan bildirilgan tanqidlar va UEFAga a'zo mamlakatlar tomonidan JCHni boykot qilish tahdidlari fonida bu g'oyadan voz kechishga qaror qildi.

O'xshash yangiliklar


Manba: FIFA.com