

“The Athletic” xabariga ko'ra, 11 ta shaharning har biri 1 million dollarga davo qilmoqda, chunki turnir oldidan FIFA prezidenti Janni Infantino ularga aynan shunday summani vada qilgandi.
Ajratilgan mablag'lar yangi futbol maydonlari qurish va boshqa ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishga yo'naltirilishi ko'zda tutilgan edi.
JCH-2026 tashkiliy qo'mitasining kamida ikki vakili FIFAning 2023-2026 yillar davridagi 15 milliard dollarlik daromadi fonida “arzimasdek tuyulgan” to'lovlarni kechiktirayotganidan hayratda ekanini bildirgan.
Dunyo birinchiligi o'yinlari AQSH hududida Sietl, San-Francisko, Los-Anjeles, Dallas, Xyuston, Kanzas-Siti, Atlanta, Filadelfiya, Nyu-Djersi, Mayami va Boston shaharlarida bo'lib o'tdi.



