

Sky Sports ma'lumotlariga ko'ra, FA FIFAga xat yuborib, unda tashkilot rahbari lavozimiga Janni Infantinoning to'rtinchi muddatga qayta saylanishini qo'llab-quvvatlashini chaqirib olishini ma'lum qilgan. O'tgan hafta FIFA jahon chempionati huquqlarini xususiy investorlarga sotish uchun yangi tijoriy tuzilma - FIFA Forward Enterprise (FFE) yaratmoqchi ekani ma'lum bo'lgan edi. Keyinchalik Infantino futbol konfederatsiyalari tanqidi va UEFAga a'zo davlatlar tomonidan JCHni boykot qilish tahdidi fonvida bu g'oyadan voz kechishga qaror qildi. FIFA prezidenti saylovi 2027 yil mart oyida bo'lib o'tadi.


