"Real" Vinisius bilan shartnomani 2032 yilgacha uzaytirganini e'lon qildi

Aslanov Jasurbek
6 avg 2026, 23:11
Vinisius Junior "Real" bilan shartnomani uzaytirdi.

Madrid klubi braziliyalik vinger bilan yangi bitim imzolanganini e'lon qildi. U 2032 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Vinisius "Real"ga 2018 yilda kelib qo'shilgan edi. Jamoa safida u 375 ta o'yin o'tkazib, 128 ta gol urdi va 14 ta sovrinni qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: realmadrid.com