Superliga. Dorievning yagona goli "So'g'diyona"ga "Andijon" ustidan muhim g'alaba keltirdi

Iskandarov Abdulaziz
6 avg 2026, 20:55
Superliga 16-turidan o'rin olgan bahs bo'lib o'tdi.

Superliga

16-tur

“So'g'diyona” – “Andijon” 1:0 LIVE

Zomin. “Zomin” stadioni. 19:00

Bosh hakam: Shavkat Nasibullaev

Yordamchi hakamlar: Islom Azimov, Sherzod A'zamov

Zaxira hakam: Umidjon Nutfulloev

Nazoratchi: Konstantin Smirnov

VAR: Nayim Qosimov

AVAR: Umidjon Rahimjonov

Komissar: Davron Ibrohimov

Gol: Lyupcho Doriev (Oybek Nurmatov) 78

"So'g'diyona": 27.Milan Mitrovich, 2.Zoir Jo'raboev, 3.Islomjon Qobilov, 4.Behruz Jumatov (33.Shohjahon Sultonmurodov, 84), 7.Petar Michin, 8.Jamshid Boltaboev, 10.Javohir Qahramonov (77.Oybek Nurmatov, 65), 14.Lyupcho Doriev ( 22.Abdulazizxon Abdurashidov, 84), 17.Ollabergan Karimov, 18.Igor Golban, 19.Zabihillo O'rinboev (Samandar Mavlonqulov, 46)

Zaxira: 74.Bayram Najafaliev, 6.Behruz Asqarov, Mustafoqulov,29.Amirbek Saidov, Nodir Soyibov,

“Andijon”: 1.Eldor Adhamov, 2.Odilbek Abdumajidov, 6.Aleksandre Andronikashvili (18.Damir Temirov,88), 7.Po'latxo'ja Xoldorxonov ( 33.Doniyor Abdumannopov, 72), 11.Humoyunmirzo Iminov (10.Dragan Cheran, 46), 17.Azizbek Turg'unboev (70.Hamidullo Karimov, 72), 20.Islom To'xtaxo'jaev, 22.Usmonali Ismonaliev, 26.Muhammadkarim Toirov, 28.Bekzod Sulaymonov (8.Shohmalik Komilov, 46), 77.Mahmudjon Mahamadjonov.

Zaxira: 19.Artyom Potapov, G'ulomov, 14.Abdurahmon Komilov, Yorqinboev.

Ogohlantirish: Behruz Jumatov (“So'g'diyona”) 60

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

88. O'ZGARISH. “Andijon”, Aleksandro Andronikashvili o'rniga Damir Temirov tushdi.

84. O'ZGARISH. “So'g'diyona”, Lyupcho Doriev o'rniga Abdulaziz Abdurashidov, Aziz Turg'unboev o'rniga Hamidullo Karimov

78. GOL. Doriev oxiri baribir niyatiga etdi. U “So'g'diyona”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Oybek Nurmatov jamoadoshini qulay poziciyada turganini ko'rdi va to'pni uzatdi. Doriev to'pni mohirona tarzda darvozaga yo'lladi.

74. Mahamadjonovning uzatmasini Cheran o'yindan tashqari holatda qabul qilib oldi.

72. O'ZGARISH. “Andijon”, Po'latxo'ja Xoldorxonov o'rniga Doniyor Abdumannopov, Aziz Turg'unboev o'rniga Hamidullo Karimov tushdi.

70. Mezbonlarning hujumi Michinning zarbasi bilan yakunlandi. Zarba noaniq.

65. O'ZGARISH. “So'g'diyona”, Javohir Qahramonov o'rniga Oybek Nurmatov tushdi.

59. OGOHLANTIRISH. Behruz Jumatov, “So'g'diyona”!

49. ZARBA. Dorievning zarbasini Adhamov qiyinchilik bilan qaytardi.

46. O'ZGARISH. “Andijon”, Bekzod Sulaymonov o'rniga Shohmalik Komilov, Xumoyunmirzo Iminov o'rniga Dragan Cheran tushdi.

46. O'ZGARISH. “So'g'diyona”, Zabihillo O'rinboev o'rniga Samandar Mavlonqulov tushdi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Tanaffus!

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

40. O'yinda temp pastladi.

34. Dorievning yana bir zarbasi noaniq ketdi.

29. Dorievning uzatmasi to'g'ri Adhamovning qo'liga borib tushdi.

25. “Andijon” darvozaboni Eldor Adhamov birinchi bo'limning birinchi qismining eng yaxshi futbolchisi bo'lib turibdi.

22. ZARBA VA SEYV. Michinning zarbasini yana Adhamov bartaraf etdi.

20. ZARBA VA SEYV. Dorievning qulay poziciyadan yo'llagan zarbasini Adhamov qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

10. Mehmonlar oldinga o'tishga urinib ko'rdi. Bekzod Sulaymonov faol harakat qildi.

5. “So'g'diyona” ilk daqiqalardan ustunlikni qo'lga oldi. “Andijon” himoyachilari va darvozaboni ishonchli harakat qildi.

O'yinga start berildi.

-O'yin boshlanishiga barcha narsa shay.

-Jamoalar maydonga chiqib keldi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia