

Bu haqda “The Times” nashri xabar berdi.
Manbaning xabariga ko'ra, Infantino rahbarligiga nisbatan ortib borayotgan muxolifat fonida Marokashning qo'llab-quvvatlashi u uchun juda muhim bo'lishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, FIFA o'z turnirlari, jumladan, Jahon chempionati huquqlarining bir qismini xususiy investorlarga sotishni rejalashtirgandi, ammo Infantino boshqa futbol tashkilotlari tomonidan bildirilgan tanqidlardan so'ng ushbu tashabbusdan voz kechdi.
Hozirda FIFA rahbari Rabatda bo'lib turibdi va xalqaro qo'llovga erishish uchun yordamchilari bilan favqulodda yig'ilish chaqirgan. Infantinoni, ayniqsa, JCH-2034 mezboni va uning asosiy ittifoqchisi bo'lmish Saudiya Arabistonining sukut saqlayotgani tashvishga solmoqda. Prezidentning asosiy suyanchig'i bo'lib Marokash qolmoqda. Rabatning sadoqatini saqlab qolish uchun Infantino JCH-2030 finalini Madriddan Kasablankadagi yangi “Hassan II” stadioniga ko'chirishga vada berdi.
Biroq agar Infantino 2027 yilgi saylovda yutqazib qo'ysa, ushbu vada o'z kuchini yo'qotadi.



