Kutilmaganda Rodri "Barselona"ga o'tishni xohlab qoldi va shartnoma shartlarini kelishib oldi

Aslanov Jasurbek
6 avg 2026, 21:09
Rodri "Barselona"ga o'tish bo'yicha kelishuvga erishdi.

Marca jurnalisti Matteo Morettoning xabar berishicha, Rodri "Barselona" bilan shartnomaning moliyaviy shartlarini kelishib oldi. Manbaning so'zlariga ko'ra, "Man Siti" yarim himoyachisi "Real" muzokaralarda hal qiluvchi qadam tashlashini kutishdan charchagan. "Barselona" futbolchini uning transferi bo'yicha ingliz klubi bilan faol muzokaralar olib borishga tayyorligiga ishontirdi. Yaqin soatlar ichida kataloniyaliklar "Manchester Siti" bilan rasman bog'lanishadi. Fabris Xokinsning ma'lumotlariga ko'ra, 60–70 million evro atrofidagi taklif "shaharliklar"ning talablarini qondirish uchun etarli bo'lishi mumkin. Jurnalistning qayd etishicha, Rodri "Real"ga emas, balki "Barselona"ga o'tishni afzal ko'radi va bu haqda ham "Manchester Siti", ham madridliklar klubi xabardor. 30 yoshli yarim himoyachi "Barselona"ning o'yin uslubida o'zini maksimal darajada ko'rsata olishiga ishonadi. Endi ko'k-anorranglilar bitimni amalga oshirish uchun zarur moliyaviy resurslarni topishlari kerak bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca