"Inter"ning bo'lajak murabbiyi "Parma"ni tark etdi

Narzulla Saydullayev
9 iyun 2025, 18:53
Kristian Kivu "Parma"ni tark etdi.

Italiya klubi o'zaro kelishuvga ko'ra 44 yoshli mutaxassis bilan shartnomani bekor qilganini e'lon qildi. Tez orada u "Inter" bilan shartnoma tuzishi kutilmoqda.

Ruminiyalik murabbiy shu yilning fevralidan buyon "Parma"ni boshqarib kelayotgan edi. Uning qo'l ostida jamoa 3 g'alaba, 7 durang, 3 mag'lubiyat qayd etdi va A Seriyada 18-o'rindan 16-o'ringa ko'tarildi. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: parmacalcio1913.com